Virtual hayot va Ijtimoiy tarmoqlarning foyda va zararli tomonlari
Ko‘z oldingizga keltiring: Katta bir uy. Minglab xonalarda 10 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lgan sanoqsiz odamlar izg‘ib yuradilar, nimalardir haqida o‘zaro suhbatlashadilar. Xonalar devorlari turli suratlarga, hikmatli-hikmatsiz so‘zlarga, she’rlarga to‘lib ketgan, bir xonadan musiqa ovozi yangrasa, boshqasida video ko‘rishadi, yana bir xonada hamma o‘yinlar bilan mashg‘ul. Kimdir tanishgan, kimdir do‘stlashgan, boshqasi esa urishgan. Ishqilib, hayot qaynaydi. I jtimoiy tarmoqlar virtual olam – Internetdagi xuddi shunday «ari uyasi»dir. Ular paydo bo‘lganiga unchalik ko‘p bo‘lgani yo‘q. Hammasi kimningdir xayoliga Internetdagi hamfikrlarini yig‘ish g‘oyasi kelib qolganidan boshlandi. Dastlab qiziqishlari yoki kasblari bo‘yicha birlashdilar, keyin bu g‘oya kengayib, do‘stlar, tanishlar, hamkasblar ularga qo‘shila boshladilar... Hozirda yirik ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar soni millionlab, milliardlab kishiga yetgan. Ular o‘zaro muloqot qiladilar, saytlarga o‘zlarining, ...