Windows operatsion sistemasini eng oson, tez, qulay o'rnatish

Windows OSini eng oson, tez, qulay o'rnatish usuli haqida yozaman. 

1. Kompyuter ishga tushirasiz; 
2. "Boot menu"ni chaqirasiz (hamma kompyuterda har xil bo'ladi. M-n: F8, F9, F10, F11, F12. Bazi kompyuterlarda "Boot menu" bo'lmasligi mumkin*) 
3. CD yoki DVD qurilmaga Windows OT tushirilgan diskni o'rnatasiz; 
4. Ushbu menudan siz CD yoki DVD qurilmasi ustiga "Enter" (Kirish) tugmasi 1 marta bosiladi va "Probel" (bo'shliq-eng uzun tugma)ni takror-takror bosasiz va diskdagi menyuni ishga tushirasiz (ba'zi disklarda menyu bo'lmasligi mumkin. U holda Windows OS o'rnatilishi avtomatik ravishda boshlanib ketadi); 
5. Hosil bo'lgan menyudan siz, "Microsoft Windows..." deb yozilgan qatorni "Enter" tugmasi orqali tanlaysiz va Windows OS o'rnatishni boshlaysiz; 
izoh: *u holda BIOSning "Setup" dasturiga kirib, avval CD, DVD qurilmangizni o'qishini ta'minlaysiz. 
Windows OT o'rnatilishi boshlanganda, kompyuter qurilmalari bilan tanishib chiqishdan boshlanadi. 
O'rnatish paytida sizdan ayrim jihatlari variant sifatida so'raladi. 
Masalan: avvalgi operatsion tizimni qayerga tiklash yoki avvalgisini o'chirib, yangi Windows o'rnatish va h.k o'rnatilish davrida undan tashqari, kompyuterning qaysi doimiy xotiraga ustanovka qilish kerakligini ham variant sifatida so'raladi. Siz albatta (ko'pincha) "C:" diskni tanlaysiz. Keyingi so'rov sizdan format turi yani NTFS yoki FAT32lardan biri tanlash talab etiladi. Shaxsan man uchun ko'p sharoitlarda, "NTFS (быстро)" ma'qul bo'ladi. Chunki, kompyuterning barcha qurilmalari normal holatda ishlasa, tizimning ishlashi tezligi ta'minlanadi! 
Format qilib bo'lgandan so'ng, ustanovka uchun kerak bo'ladigan xotira tekshirilib, so'ng compakt diskdan zarur kompanentlar doimiy xotira (vinchester)ga o'tkaziladi. 100% bo'lganda kompyuter avtomat tarzda o'chib yonadi. (perezagruzga restart). Keyin 2-qadamga o'tamiz. Unda kompyuteringiz avtomatik ravishda, o'rnatilish davom ettiriladi. Ungacha siz hech narsaga tegmay turasiz. Toki "Установка завeршина через: 39 мин" degan yozuv chiqgunicha. Bu jarayon tugaganidan keyin Kompyuter yana bir marta o`chib yonadi (Перезагрузка). Endigi qiladigan ishimiz Windowsni qo`shimcha, yordamchi dasturlarini o`rnatishimiz kerak bo`ladi masalan MS Office, Adobe va hk. 

Mana Windows OS o`rnatishni Kompakt Disk orqali o`rnatishni yana bir usulini ko`rib chiqdik. Savollar bo`lsa kingbek@gmail.com da kutaman =) 

Hurmat ila KingBek!

Комментарии

Популярные сообщения