Kompyuterga Flesh xotira orqali Operatsion sistema o`rnatish


          Kompyuterga Flesh xotira orqali Operatsion Sistema o`rnatish.
Operatsion sistema o`rnatishni boshqichma bosqich Tushuntirib o`tamiz.
1-Kompyuterlar uchun UltraISO degan programma
bor shuni o'rnatasiz, bu dastur asosan WinXP chip, yoki Zver da qo'shimcha dastur sifatida beriladi, agar yo'q bo'lsa bir amallab toping :)
2. SIstemani fleshkaga yozish uchun uni ichidagi narsalarini oldin kompyuteringizga yozishingiz kerak, buning uchun sistemali diskni boshqa kompyuterga solib ustida sichqonchani o'ng tomonini bosib, "Проводник" orqali ochasiz, keyin ichidagi bor narsani "Ctrl+A" bilan belgilab kompyuterdagi lokal diskga, masalan "D" diskga "new"(ixtiyoriy nomlayverasiz) deb nomlangan papka yaratib ichida "Ctrl+V" bilan vstavit qilasiz, agar sistema kompyuteringizda oldindan bo'lsa unda bu kerakmas 3. Fleshkani sistema fayllari turgan va UltrISO dasturi o'rnatilgan kompyuterga qo'yasiz 4. UltraISO programmani ishga tushirasiz, shunda unda 4 ta oynachasi bo'ladi, bittasi chap- tepa tomonda, ikkinchisi chap- past tomonda, uchinchisi o'rta- tepa qismida va to'rtinchisi o'rta-past qismida. siz haligi new papkani ichidagi hamma faylni Ctrl+A qilib belgilab olasiz va sichqoncha bilan ushlab turib UltraISO ni o'rta- tepa qismidagi bo'sh joyga tashlaysiz
5. UltraISO ning "Самозагрузка" menyusidan "Записать образ Жесткого .диска..." bandini tanlaysiz
6. Fleshkani format qilish kerak bo'lsa "Форматировать" tugmasini bosasiz, format qilib bo'linganidan keyin "Записать" ni bosasiz, bir necha daqiqadan keyin sizga avtozagruzichniy fleshka tayyor bo'ladi ichida sistema bilan
7. endi o'zingizdagi DVD/VCD o'qimaydigan kompyuterga fleshkani qo'yasiz, keyin perezagruzka berasiz
8. perezagruzka bo'lib kompyuter endi yonishni boshlaganida Delete tugmasini qayta-qayta bosib BIOS ga kirasiz
9. BIOSda Hard diskni topasiz, HARD diskni nomi ustida Enter ni bossangiz u alohida bo'lib ochiladi, u yerda Hard diskni nomi, tagida FLeshkani nomi turadi, siz fleshkani nomini birinchiga qo'yasiz, keyin "SAVE & Exit" degan joyni tanlab BIOSdan chiqasiz, shundan so'ng windows ustanovkasi boshlanadi, u yog'i oddiy, next, next ... qilasiz Windows o'zi avtomaticheskiy ustanovka bo'laveradi.
Kompyuterga Fleshka orqali Windows O`rnatish xuddi mana shunday tartibda bo`ladi savollar savollar tu`g`ilsa kingbek@gmail.com manziliga jo`tashingiz mumkin. Imkon boricha javob berishga harakat qilaman albatta ;)

Hurmat ila KingBek.

Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения